1

Eng bahaybat uy mushugi

Rekord 14.11.2017, 11:29
Eng bahaybat  uy mushugi

Samson laqabli meynkun zotiga mansub gigant mushuk dunyodagi eng bahaybat uy mushugi nomiga asosiy da`vogar bo`lib turibdi. Sirtdan qaraganda, ko`proq silovsinni eslatib yuboruvchi ushbu jonivor 12,7 kg. tosh bosadi, uzunligi esa 1,22 metrga etadi. Hozircha u 2013 yili hayotdan ko`z yumgan amaldagi rekordchidan (1,23 metr) biroz ortda qolmoqda.

O`zining noodatiy vazniga qaramay, Samson har bir mushuk kabi normal hayot kechiradi. “U semiz emas, hatto ortiqcha vazndan sira aziyat chekmaydi. U o`z o`lchamlariga nisbatan favqulodda juda chaqqon va baquvvat. Shu bilan birga, aqlli jonivor hamdir. Har kuni ertalab yotoqxonamning eshigi ochilishini kutib turadi. Keyin divanimga chiqib uni erkalashimga odatlangan”, deydi mushukning egasi Jonatan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1