Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Ko`kterak” qishloq fuqarolar yig`ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan noma`lum shaxsbostirib kiradi.
Shu vaqtda uyda yolg`iz bo`lgan xonadon egasining qizini pichoq bilan qo`rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zargarlik buyumlarini olib ketadi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994 yilda tug`ilgan A.N. qo`lga olindi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






