Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari to`g`risidagi yagona ma`lumotlar elektron bazasi dasturining o`z vaqtida, sifatli hamda bepul bajarilishida QWERTY korxonasi dasturchilari tomonidan vazirlikka katta amaliy yordam ko`rsatildi.
Mazkur dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 ta xodimlar to`g`risida shaxsiy ma`lumotlar, ularning attestasiyadan o`tganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi hamda vakant joylar to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatib o`tilgan.
Bugungi kunda, mazkur ma`lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy sayti (minjust.uz/uz/interactive/vakancy/)da hamda www.jurist.wintech.uz saytida joylashtirilgan bo`lib undan hamma erkin foydalanishi mumkin.