1

Madad-shifo: “BOSh OG`RIGANDA QATIQ IChISh FOYDALIMI?”

Salomatlik 15.11.2017, 18:16
Madad-shifo: “BOSh OG`RIGANDA QATIQ IChISh FOYDALIMI?”
— Qizimning tez-tez boshi og`rib turadi. Tibbiy tahlillar jiddiy muammoni ko`rsatmadi, shifokor “kun tartibini to`g`ri tashkillashtirsin, o`z vaqtida ovqatlanib, dam olsin, o`tib ketadi, o`smirlikdagi holat bu”, degan bo`lsa-da, xavotirdaman. Balki bosh og`rig`ini engillashtiruvchi usullarni qo`llaganim ma`quldir?.

Malohat Mallaboeva, Qashqadaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor:

— Bosh og`rig`ini keltirib chiqaruvchi omillar ko`p, ular orasida kamqonlikdan tortib, uyqusizlik, organizmning zo`riqishi, stress, vitaminlar tanqisligi, kalla ichki bosimining ortishi kabi holatlarni ko`rish mumkin. O`smirlardagi bosh og`riqlari hayz oldi kunlarida ham qo`zg`ashi mumkin. Negaki, bu jarayon qaysidir ma`noda organizm uchun stressdir. Davolovchi shifokoringiz tayinlagan muolaja to`liq o`tkazilishiga diqqat qiling. Uy sharoitida esa quyidagi usullar asqatadi.

  • Og`riq xurujida shakar qo`shilgan qatiq yoki achchiq damlangan qora choy ichish foydalidir;
  • Limono`t solingan ko`k choy ham tinchlantiruvchi xususiyatga ega;
  • Boshning ensa sohasiga xo`l soqich bilan kompress qilish og`riqni engillashtiradi;
  • Chakka va peshonaning old qismi, qoshlarning usti bilan barmoq uchida uqalashning ham nafi bor;
  • Og`riq tomir urishi kabi tebranishli bo`lsa, bosh tagigaqattiqroq yostiq, yaxshisi, bolish qo`ying-da, ko`zlaringizni yumib dam oling;
  • Yana bir usul dush jo`mragini boshning yuqori qismiga olib kelib, soat aylanasi bo`yicha harakatlantiring. Suv to`lqini boshda qon aylanishini yaxshilaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1