1

Yaponiya hukumati tabiiy ofatdan jabrlanganlarga $600 mln to`laydi

Dunyo 22.02.2014, 16:45
Yaponiya hukumati tabiiy ofatdan jabrlanganlarga $600 mln to`laydi
Yaponiyada kuzatilgan sovuq havo va qorbo`ronlar oqibatida jabrlanganlarga to`lanadigan sug`urta puli rekord 600 mln AQSh dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Sug`urta to`lovlari tabiiy ofat oqibatida  aholining sog`lig`i yoki mulkiga etgan zararni qoplaydi. Mahalliy sug`urta kompaniya mutaxassislarning aytishicha, qor tufayli to`lanadigan sug`urta puli mamlakat tarixida bu turdagi ofatda to`langan  eng katta miqdordagisi bo`ladi.

Shu yilning fevral oyida Yaponiyaga kelgan kuchli, sovuq havo 30 kishining hayotiga zomin bo`ldi yana butun mamlakat bo`ylab 3000 kishi turli tan jarohatlar olishdi. Shuningdek, bu tabiiy ofat mamlakatda elektr energiyasi, havo va er trasporti harakatida to`xtalishlariga sabab bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1