AsosiyShou-biznes

10 yillik tanaffusdan co`ng...

'10 yillik tanaffusdan co`ng...'ning rasmi

Xorazm xalq qo`shiqlarini aytib, muxlislar mehrini qozongan Shoxsanam roppa-rosa 10 yillik tanaffusdan keyin yana jo`shqin ijodga qaytdi. U o`z davrining “hit” taronalaridan biri bo`lgan “Shaqildoq” singari sho`x qo`shiq ijro etdi. Yangi “Cho`girma” taronasi Farruh Sohib so`zi va Furqat Bobojonov musiqasi asosida yaratildi. Mahoratli klipmeyker Shuhrat Mavlonov esa qo`shiq g`oyasiga mos ravishda trek va syujet yo`nalishlarida klip suratga oldi. Klipning syujet qismini aktyorlar Sabina va Ta`lat Yo`ldoshevlar ochib berishgan bo`lsa, trek yo`nalishida “Parizod” ansamblining qizlari raqs ijro etishdi.


Ammo bu hali hammasi emas! Xonanda klip davomida akkordeon chalib, sozandalik mahoratini ham ochib berdi. Ishonamizmi, xonandaning yangi ijod mahsuli muxlislarga manzur bo`lib, tez orada ijodiy tanaffus o`rni to`ladi.


    Boshqa yangiliklar