1

Madad-shifo: “METABOLIZM JARAYoNINI TEZLAShTIRISh MUMKINMI?”

Salomatlik 16.11.2017, 19:06
Madad-shifo: “METABOLIZM JARAYoNINI TEZLAShTIRISh MUMKINMI?”

Menda hazm faoliyati bilan bog`liq muammo bor. Negadir oshqozonim sust ishlaydi. Shu sabab eganim sari semiraveraman. Tanishlarim metabolizmni yaxshilaydigan muolaja olsang bo`lmaydimi, deyishayapti. Chindanam buning iloji bormi?

Sarvar Mamajonov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Metabolizm jarayonini tezlashtirish uchun faol turmush tarzini yuritish lozim. Kun davomida ko`proq suyuqlik ichish va harakatda bo`lish ham ayni muddao. 5-6 mahal oz-ozdan ovqatlanish, hazmi engil eguliklar iste`mol qilish muhimdir. Asosan meva va sabzavotlarga diqqat qilavering.

Shifokor ko`rigidan o`tganingizda ichaklar faoliyatini yaxshilovchi preparatlar buyuriladi, har birini belgilangan vaqtda qabul qilishingiz darkor. Endokrin tizim xastaliklari (qandli diabet)ni istisno etish maqsadida endokrinolog ko`rigidan o`tish maqsadga muvofiqdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1