1

Madad-shifo: “KERATIT DEYIShDI, ENDI NIMA BO`LADI?”

Salomatlik 16.11.2017, 19:14
Madad-shifo: “KERATIT DEYIShDI, ENDI NIMA BO`LADI?”

— To`ng`ich qizim bir necha kundan buyon ko`zining ichi qizarib qolayotganidan shikoyat qilayotgandi. Shifokorga olib borsak, tibbiy tahlillar keratit degan kasallikni ko`rsatdi. Bu qanday xastalik o`zi? Keyinchalik ko`rish qobiliyatiga ta`sir qilmaydimi?

Zilola Akromova, Samarqand viloyati

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Keratit – ko`z shoh pardasining yallig`lanishi bo`lib, virusli bakteriyalar, zamburug`lar yoxud jarohatlar asoratida kelib chiqadi. Kontakt linzalardan foydalanishda gigiena qoidalariga rioya etilmasa, tez-tez qaytalanuvchi kon`yunktivit ta`sirida ham yuzaga kelish ehtimoli bor. Shoh pardadagi dog` qanchalik chuqur joylashganiga qarab, davo muddati turlicha bo`lishi mumkin. Yuzaki dog`lar tez so`rilib ketadi. Chuqur joylashganlari o`zidan chandiq qoldirishi, ko`z ravshanligiga nojo`ya asorat berishi mumkin. Shu bois muolaja oxirigacha olib borilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1