O`zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi tarkibi e`lon qilindi

Sport 24.02.2014, 16:24
O`zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi tarkibi e`lon qilindi
O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov BAA termasiga qarshi Osiyo kubogi-2015 saralash musobaqasining navbatdagi uchrashuvida maydonga chiqishi mumkin bo`lgan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi.

Bu haqda O`zbekiston futbol federasiyasi [url=https://twitter.com/UzbekistanFF]rasmiy tvitteri xabar beradi.

Darvozabonlar:
Murod Zuxurov ("Bunyodkor"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Eldor Suyunov ("Nasaf")

Himoyachilar:
Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva), Islom To`xtaxo`jaev ("Lokomotiv"), Shavkat Mullajonov ("Olmaliq"), Anzur Ismoilov ("Changchun Yatay", Xitoy), Egor Krimes ("Paxtakor"),  Akmal Shorahmedov ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar:
Sardor Rashidov ("Bunyodkor"), Fozil Musaev ("Lokomotiv"), Jasur Xasanov ("Lokomotiv" - kattasi), Vladimir Kozak ("Paxtakor"), Odil Ahmedov ("Anji", Rossiya), Aziz Haydarov ("Al Shabab", BAA), Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), Sanjar Tursunov ("Vorskla", Ukraina), Server Jeparov ("Syongnam", Janubiy Koreya).

Hujumchilar: Bahodir Nasimov ("Neftchi", Ozarboyjon), Vohid Shodiev ("Bunyodkor"), Ivan Nagaev ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Paxtakor").

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va BAA terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv 5 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1