1

Madad-shifo: MAKKAJO`XORINING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Salomatlik 17.11.2017, 16:33
Madad-shifo: MAKKAJO`XORINING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Makkajo`xorini ko`pchilik sevib iste`mol qiladi. Uning tarkibida B, PP, C, fosfor, kaliy va yurak faoliyatini yaxshilovchi K vitaminlari mavjud. Yog`li taomlarni xush ko`ruvchilar bu sabzavotdan ko`proq tanovul qilishlari lozim. Chunki u xolestrenni chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Makkajo`xorining nafaqat doni, balki popugi ham bir qancha dorivor xusisiyatlarga ega.

  • 150 gramm jo`xori bilan katta yoshli insonlarning V 1 vitaminiga bo`lgan talabini qondirish mumkin. Yana uning tarkibida sklerozdan himoya qiluvchi va antitoksin hisoblangan vitamin E ham mavjud. Doimiy tarzda jo`xori iste`mol qilish yurak insulti va saraton xavfini oldini oladi.
  • Shuningdek, u yoshartiruvchi xususiyatga ega mahsulot sanaladi. Qaynatilgan jo`xori o`zidagi foydali xususiyatlarni yo`qotmaydi.
  • Ammo bosh og`rig`i va oshqozon-me`da faoliyatida muammosi bor insonlarga qaynatilgan jo`xoridan ko`p miqdorda iste`mol qilmaslik tavsiya etiladi.

Uning mevasidan olingan moy qon tarkibidagi xolesterinni kamaytirish, arteroskleroz kasalligini davolash va oldini olish uchun qo`llaniladi. Shu bilan birga, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilashda, qandli diabet, nefrit, buyrak-tosh va xolesistit kasalligi, o`t va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Jo`xori temir, kalsiy, fosfor, magniy va boshqa mikroelementlarning manbai sanaladi. Unda Mendeleev jadvalidagi elementlarning 26 turi mavjud.

Qaynatilgan jo`xori qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun tavsiya etiladi. U qand miqdorini normallashtiradi, allergiyaga moyilligi bor insonlarga, kamqonlikdan aziyat chekuvchi, jigar, yurak xastaligi bilan og`rigan kishilarga yaxshi foyda beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1