AsosiyJamiyat

BOSh PROKURATURA QOShIDA AXBOROT-TAHLIL MULTIMEDIA MARKAZI TAShKIL ETILADI

'BOSh PROKURATURA QOShIDA AXBOROT-TAHLIL MULTIMEDIA MARKAZI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Bosh prokuratura huzurida audio va videoroliklar, tele va radiouzatishlar, ijtimoiy reklama, voqealar joylaridan reportajlarni efirga va internet tarmog`iga uzatish uchun Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi.

Bu aholini sodir bo`layotgan voqealar, ayniqsa jamoatchilikda katta qiziqish uyg`otgan voqealar to`g`risida xabardor qilish uchun amalga oshiriladi.

Markaz boshqaruv xodimlariga (to`rt nafar — direktor, bosh prodyusor, bosh muharrir va bosh buxgalter) ega mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.

Boshqaruv xodimlariga prokuratura xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya chora-tadbirlari tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, ular har oyda alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz miqdorda ustama oladilar. Markazning boshqa mutaxassislari (rejissyor, kreativ muharrir, muxbir, operator, videomontajchi, IT-mutaxassis) shartnoma asosida jalb etiladi.

Markaz tomonidan olib kelinadigan zamonaviy telestudiyani barpo etish uchun zarur televidenie asbob-uskunalari, uchuvchisiz uchish apparatlari (Markazga undan foydalanishga ruxsat beriladi), kompyuter texnikasi bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi bundan mustasno) ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar