Toshkentda ko`chalardagi harakat yo`nalishlarini ajratib turuvchi to`siqlarni olib tashlash ishlari davom ettirilmoqda.
Toshkentdagi bir tomondan Shahrisabz, ikkinchi tomondan esa Usmon Nosir ko`chalarining davomi hisoblangan Shota Rustaveli ko`chasida harakat yo`nalishlarini ajratib turuvchi metall to`siqlarni olib tashlash ishlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq xuddi shunday to`siqlar Shahrisabz hamda qisman Navoiy ko`chalari, shuningdek Mustaqillik shoh ko`chasida demontaj qilingan. Hukumat demontaj ishlari bo`yicha rejalarga izoh bergani yo`q, biroq bir necha yil davomida jadallik bilan o`rnatib chiqilgan to`siqlar piyodalar va haydovchilar uchun xavf tug`dirgani sababli ulardan voz kechilgani ma`lum xolos.






