AsosiyJamiyat

ERTAGA HAVO HARORATI 3 DARAJAGAChA SOVUShI MUMKIN

'ERTAGA HAVO HARORATI 3 DARAJAGAChA SOVUShI MUMKIN'ning rasmi

19 noyabr kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 11–13 daraja, kechasi esa 2 darajagacha iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 6–11 daraja iliq bo`ladi. Kechasi esa 3 darajagacha sovib ketishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 10–15 daraja iliq, kechasi 3 darajagacha sovib ketadi.

Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham harorat kunduzi 15 darajagacha ko`tariladi. Kechasi esa 2 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 2–7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar