Yoshlar ijod saroyida "Tashkent Fashion Performance" namoyishi bo`lib o`tdi. Unda tashrif buyurganlar Italiya, Fransiya, Koreya, Rossiya, Qirg`iziston va O`zbekistondan dizaynerlar yaratgan liboslarni ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Dastur qoidasiga ko`ra har bir dizayner 11 tadan libos namoyish qildi.






