Yangi markaz O`zbekistonda maqom san`atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an`analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o`rganish va qayta tiklash hamda mumtoz musiqa merosi namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san`atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog`liq jihatlarini mahalliy olimlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur o`rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan shug`ullanadi.
Shuningdek, maqom san`atining ko`p asrlik ijro yo`llarini puxta o`zlashtirib, ularni yangicha usullar bilan boyitib, yosh avlod vakillariga o`rgatib kelayotgan maqomchilar, maqomshunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar, Maqom markazi xodimlari faoliyatini moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash, tajriba almashuvlari, anjumanlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etishni o`z zimmasiga oladi.