1

Braziliya federal polisiyasi ish tashlash e`lon qildi

Dunyo 25.02.2014, 15:35
Braziliya federal polisiyasi ish tashlash e`lon qildi
Braziliya federal polisiyasi ikki kunlik ish tashlash e`lon qildi. 

Agence France Presse nashrining yozishicha, ish tashlash 25-26 fevral kunlari bo`lib o`tadi. Polisiya xodimlari Braziliyada o`tadigan 2014 yilgi jahon chempionatidan avval milliy havfsizlik tizimini qayta ko`rib chiqishni talab qilmoqda. 

“Bizda chet elliklarni u yoqda tursin, hatto o`zimiznikilarni ham himoya qilish uchun manbalarimiz etmaydi”, - deydi federal polisiya vakili. 

Ma`lum bo`lishicha, federal polisiya xodimlarining maoshi etti yildan beri oshirilmagan. Shtatga asosan chegarani qo`riqlash, aeroport va boshqa jamoat joylarining havfsizligiga javob beruvchi polisiya xodimlari soni 10 ming kishini, mamlakat aholisi soni esa 200 million kishini tashkil qiladi.   

Axborot agentligining xabar qilishicha, ish tashlash kunlari polisiya xodimlarining 30 foizigina xizmatga chiqishadi. Federal polisiyadan tashqari mamlakatda tartibni saqlashga harbiy va fuqaro polisiyasi xizmat ko`rsatadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1