AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA “KONSTITUSIYaNI O`RGANISh OYLIGI” BOShLANDI

'SAMARQANDDA “KONSTITUSIYaNI O`RGANISh OYLIGI” BOShLANDI'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchi yoshlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilim-ko`nikmalarini mustahkamlash, huquqiy va siyosiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, ular o`rtasida Konstitutsiya g`oyalarining va ushbu g`oyalar asosida qabul qilinadigan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini tarbiyalash maqsadida noyabr va dekabr oylari “Konstitusiyani o`rganish oyligi deb e`lon qilindi.

Ushbu oylik doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko`rik-tanlovini tashkil etiladi. Ushbu ko`rik tanlov g`oliblari 8-dekabr arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga tashrifi uyushtiriladi. Shuningdek, oylik doirasida zamonaviy axborot texnologiyalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, mamlakatimiz haqida muhim ma`lumotlar, bosh qomusimizni aholining barcha qatlamlari o`rtasida keng targ`ib etish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, bu boradagi maqolalar, dunyo qonunchiligidan qiziqarli faktlar va boshqa multimedia ma`lumotlari berib boriladi.

    Boshqa yangiliklar