AsosiyDunyo

Anjelina Joli suriyalik bolalar bilan ko`rishdi

Golliduvning mashhur aktrisasi Anjelina Joli Livan mamlakatiga tashrif buyurdi. Aktris...

Golliduvning mashhur aktrisasi Anjelina Joli Livan mamlakatiga tashrif buyurdi.

Aktrisa bu erda Suriyadan kelgan qochoqlar bilan uchrashdi.  Joli uch kun Suriyadan kelgan qochoqlarning ko`pginasi yashayotgan Beka vodiysida bo`ldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Aktrisaning tashrifi BMTning qochoqlar bo`yicha oliy boshqarmasi komissari sifatida amalga oshirildi. Jolining tashrifi davomida uni havfsizlik xizmati xodimi jurnalistlar bilan muloqotlardan saqladi.
  
Eslatib o`tamiz,  aktrisa o`tgan yilning yozida Iordaniyadagi suriyalik qochoqlar lageriga tashrif buyurgan. O`shanda Joli dunyo mamlakatlari rahbarlarini Suriyadagi urushni to`xtatishga chorlagan.

    Boshqa yangiliklar