1

​TOShKENT ShAHAR IIBB: “RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI”

Jinoyat 21.11.2017, 09:59
​TOShKENT ShAHAR IIBB: “RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI”

2017 yilning 20 noyabr kuni soat 09:10larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Olmazor tumanida joylashgan kuchaytirilgan nazoratli ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch nafar shaxslarning qochganliklari haqida xabar kelib tushdi. Mazkur shaxslar:

1) Omonov Sherqul Safarovich, O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko`rsatib o`tilgan (o`g`irlik) jinoyatini sodir etgan;

2) Rashidov Ma`ruf Maxmudovich, O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismida ko`rsatib o`tilgan (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) jinoyatini sodir etgan;

3) Xamraev Axror Tursunbaevich, O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida ko`rsatib o`tilgan (giyohvandlik vositalarini ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan surishtiruv jarayonida, yuqorida ko`rsatib o`tilgan shaxslarga nisbatan sudning ajrimiga asosan tibbiy yo`sindagi majburlov choralari qo`llanilganligi aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, M.M.Rashidov va A.T.Xamraevlar qo`lga olindilar.

Sh.S.Omonovni (quyida fotosuratlari ko`rsatilgan) qaerda ekanligini aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1