1

Madad-shifo: KASALLIKLARGA QARShI SARIMSOQ PIYoZ

Salomatlik 21.11.2017, 10:08
Madad-shifo:  KASALLIKLARGA QARShI SARIMSOQ PIYoZ
Ma`lumki, kuz-qish mavsumida o`tkir respirator va yuqumli kasalliklar avj oladi. Shuning uchun ham sarimsoq piyozni mana shu mavsumda taomnomaga kiritish hayot zarurati hisoblanadi. Salomatlik haqida maqolalar chop etuvchi ommabop nashrlardan birining yozishicha, sarimsoq piyoz shifokorlar tomonidan tez-tez yozib beriladigan ikki nomdagi antibiotikka nisbatan 100 marotaba samaralidir.

Ayniqsa, uning ichak infeksiyalari bilan samarali kurashishini alohida e`tirof etish zarur. Bundan tashqari, sarimsoq organizmdagi turli zamburug`lar bilan kurasha oladi.

Saraton va gipertoniya bilan kurashadi

Tarkibida ko`p miqdorda oltingugurt sulfati saqlovchi sarimsoq yurak-qon tomir tizimida misli ko`rilmagan mo``jizalar yaratadi. Xususan, sarimsoq jigardagi xolesterin uchun javobgar fermentlarni parchalash usuli bilan qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Bu hammasi emas. Sarimsoq iste`mol qilganingizda arterial qon bosimi tushadi, aterosklerozning oldi olinadi, bu esa o`z navbatida yurak faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Ayrim mamlakatlar sog`liqni saqlash tizimi oshqozon va to`g`ri ichak saratonining kam uchrashishini odamlarning ko`p sarimsoq iste`mol qilishi bilan izohlaydi. Bu shunchaki tasodif emas, balki ilmiy asoslangan faktdir. Sarimsoq organizmda turli o`simtalar paydo bo`lishining oldini oladi, o`simtalar o`sishiga yo`l qo`ymaydi. Bundan tashqari, muntazam ravishda sarimsoq iste`mol qilish qondagi qand miqdorini bir me`yorda saqlab turishga yordam beradi va o`z-o`zidan qandli diabetning oldi olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1