1

​IChKI KIYIMGA BEKITILGAN FLEShKADA NIMA BOR EDI?

Jinoyat 21.11.2017, 10:23
​IChKI KIYIMGA BEKITILGAN FLEShKADA NIMA BOR EDI?

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda mahallalar fuqarolar yig`inlarida, keng jamoatchilik o`rtasida, shuningdek ta`lim maskanlarida profilaktik tadbirlar o`tkazilib kelishiga qaramay bojxona chegaralarida ko`plab huquqbuzarlik holatlari sodir etilmoqda. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, achinarlisi shundaki, mazkur aniqlanayotgan xuquqbuzarlik xolatlarining qariyb 98 foizi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilmoqda.

Xususan Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Do`stlik chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Qirg`iziston Respublikasidan yurtimiga kirib kelgan, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Jasurbek Bozorov yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirgandan so`ng, xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda, egniga kiyib olgan maykasi ichiga qistirilgan holda yashirilgan Micro fleshka xotirasida diniy mazmundagi videorolik va 84 dona diniy mazmundagi audioroliklar borligi aniqlandi.

Shunga o`xshash yana bir holatda Rossiya Federasiyasi fuqarosi Otabek Ergeshbaev belgilangan tartibda yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirib, bojxona xodimlariga taqdim etgandan so`ng, uning yonida bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati 3 million so`mlik “Samsung Galaxy S7” rusumli uyali qo`l telefoni va uning xotirasida jami 30 dona diniy mazmundagi audio-videoroliklar borligi aniqlandi.

Birgina uyali telefon apparati orqali nafaqat diniy mazmunga ega bo`lgan balki bugungi kunimizning vabolaridan biriga aylanib ulgurgan pornografik mazmunga ega bo`lgan materiallar ham aniqlanmoqda.

Qirg`iziston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan, Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi Xusniddin Kadrov belgilangan tartibda yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirib, bojxona xodimlariga taqdim etganidan so`ng, uning yonida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan, 1, 5 mln so`mlik “Samsung Galaxy S6” rusumli telefon apparati xotirasida 119 dona pornografik mazmundagi videolavhalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, Qirg`izistondan yurtimizga kirib kelgan fuqaro Baxtiyor Ergashev bojxona nazoratidan o`tkazilganda uning qiymati 6 million so`mlik “Samsung Galaxy” uyali qo`l telefoni xotirasida ham jami 77 dona pornografik mazmundagi fotosuratlar hamda 9 dona pornografik mazmundagi videolavhalar borligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabr kungi 1871 sonli farmoniga asosan O`zbeksion Respublikasi xududiga shavqatsizlikni, diniy aqidaparastlikni, millatlar o`rtasida nifoq keltirib chiqaruvchi shuningdek pornografik mazmunga ega bo`lgan barcha turdagi audio va video materiallarni olib kirish qat`iyan taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1