AsosiyJinoyat
4156

​AYoLLARNI ROSSIYa FEDERASIYaSIGA FOHIShA SIFATIDA YuBORMOQChI BO`LGAN JINOYaTChI UShLANDI

'​AYoLLARNI ROSSIYa FEDERASIYaSIGA FOHIShA SIFATIDA YuBORMOQChI BO`LGAN JINOYaTChI UShLANDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Chilonzor tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan, odam savdosi jinoyati bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, 2017 yilning 27 sentyabr kuni, muqaddam sudlangan Berdieva Mubarak Kamaritdinovna, fuqarolar N.E.Olimova, N.X.Burieva va M.X.Nosirovalarni Rossiya Federasiyasida fohishalik bilan shug`ullanib, katta miqdordagi daromad olish bilan qiziqtirib, ularni O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan olib o`tgan holda Rossiya Federasiyasiga fohisha sifatida ishlatish maqsadida yubormoqchi bo`lgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent halqaro aeroportida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi, ya`ni ikki yoki undan ortiq shaxslarni ulardan foydalanish maqsadida yollash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

O`tkazilgan dastlabki tergov davomida M.K.Berdieva ko`rsatib o`tilgan ayollardan tashqari fuqarolar M.I.Yuldasheva, Sh.K.Muminova, G.I.Maxmudova, D.A.Mirkarimova va I.U.Rasulovalarni ham fohisha sifatida ishlatishlik uchun Rossiya Federasiyasiga yuborganligi aniqlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, M.K.Berdievaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchilarning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.


Diqqat !!! Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar