1

BUXORODA KOLLEJ O`QUVChISI O`Z ONASINI OShXONA PIChOG`I BILAN O`LDIRIShGA URINDI

Jinoyat 21.11.2017, 10:47
BUXORODA KOLLEJ O`QUVChISI O`Z ONASINI OShXONA PIChOG`I BILAN O`LDIRIShGA URINDI

18 yoshli Sanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabasi Abdukarim Ashurov 38 yoshli onasiga oshxona pichog`i bilan zarba berdi. Bu haqda “UzNews.uz nashri xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida M.Eshonovaga etkazilgan tan jarohati og`ir turga kirishi va ushbu jinoyatni 1999 yilda tug`ilgan Buxoro tumanidagi Sanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabasi, M.Eshonovaning o`g`li Ashurov Abdukarimjon o`zi istiqomat qilib kelayotgan uyida o`zaro kelishmovchilik natijasida onasi M.Eshonovani oshxona pichog`i bilan urib, unga og`ir tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1