Erning o`z o`qi atrofida aylanish tezligining sekinlashishi sababli 2018 yilda kuchli zilzilalar soni keskin oshishi mumkin. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Olimlarning ma`lum qilishicha, seysmik faollik Er aylanish tezligi eng past darajaga kelganidan keyin besh yil o`tgach boshlangan. Er aylanish tezligining so`nggi sekinlashuvi taxminan to`rt yarim yil avval yuz bergan. Shu tariqa, nazariyaga ko`ra, 2018 yilda kuchli er qimirlashlari sonining oshishi kutiladi.






