AsosiyJamiyat

MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O`TAGANLAR ITTIFOQ TAVSIYaSI BILAN OLIY TA`LIM MUASSASASIGA GRANT ASOSIDA O`QIShGA KIRADI

'MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O`TAGANLAR ITTIFOQ TAVSIYaSI BILAN OLIY TA`LIM MUASSASASIGA GRANT ASOSIDA O`QIShGA KIRADI'ning rasmi

Prezident Davlat maslahatchisi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboev o`zining "Feysbuk" ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasida Shavkat Mirziyoev yoshlar siyosatiga oid yana bir Qarorni imzolagani haqida xabar bermoqda.

"2017 yil 17 noyabrda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar siyosatiga oid yana bir Qarorni imzoladilar.

Unga asosan:

1. Har bir harbiy qismda yoshlar himoyachi — boshlang`ich tashkilot etakchisi saylanadi.

2. Harbiylar Ittifoq tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta`minlanadi.

3. Muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan askarlar Ittifoq tavsiyasi bilan oliy ta`lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o`qishga kiradi.

4. Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Qurolli kuchlar tizimidagi oliy ta`lim muassasasiga grant asosida o`qishga qabul qilinadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi qaroriga muvofiq, ittifoq tizimidagi sardorlar, boshlang`ich tashkilotlardagi yo`nalish etakchilari, ikki yillik mehnat stajiga ega bo`lgan fidoiy yoshlar tavsiyanoma asosida doimiy yashash joyidagi oliy ta`lim muassasalarining pedagogika ta`lim yo`nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadigan bo`lgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar