Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi qarori bilan o`rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi takomillashtirildi.
Qarorga asosan sog`liqni saqlash davlat tizimi tashkilotlari xodimlari bo`sh o`rin va tegishli malaka bo`lgan taqdirda amalda ishlangan vaqt uchun mehnatga haq to`langan holda o`rindoshlik asosida shartnomalar tuzishi mumkin.
Bunda o`rindoshlik bo`yicha ish vaqtining davom etishi vrachlar uchun ish vaqtining oylik normasidan ortiq bo`lmasligi lozim.
Shuningdek, O`rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi.
Unga ko`ra byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik uchun qo`shimcha haq to`lash miqdori lavozim bo`yicha maoshning 50 %dan (ilgari 30 % edi) ortiq bo`lishi mumkin emasligi belgilandi.






