O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev tizimda bir nechta lavozimiy o`zgarishlarni amalga oshirdi. Bu haqdagi xabar prokuratura rasmiy veb-saytida e`lon qilingan.
Bosh prokurorning buyrug`iga muvofiq, Sunnatov Ulug`bek Djalilovich Toshkent viloyati, Ergashxodjaev Islamdjan Djasurovich Jizzax viloyati, Raxmatov Rashid Nasrulloevich Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan.






