AsosiyJamiyat

MAKTAB O`QUVChILARI TOMONIDAN 310 TA OG`IR VA O`TA OG`IR JINOYaTLAR SODIR ETILGAN

'MAKTAB O`QUVChILARI TOMONIDAN 310 TA OG`IR VA O`TA OG`IR JINOYaTLAR SODIR ETILGAN'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligida 20 noyabr kuni jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligiga bag`ishla b o`tkazilgan yig`ilishda huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida o`tkazilayotgan tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi sezilmayotgani, ayrim hududlarda aholi bilan manzilli profilaktik tadbirlar etarli darajada olib borilmagani oqibatida oldini olish mumkin bo`lgan jinoyatlar sodir etilayotgani ta`kidlandi.

O`tgan davrda 7730 ta mahallada jinoyat sodir etilgan. Eng achinarlisi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari tomonidan 875 ta, maktab o`quvchilari tomonidan 310 ta og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar sodir etilgan.

Yig`ilishda bunday salbiy holatlar davlat va jamoat tashkilotlari o`rtasida hamkorlik to`g`ri yo`lga qo`yilmagani oqibatida yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoev davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi borasida yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklar to`g`risida alohida to`xtalib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda har bir idora o`z bilganicha ish tutib kelayotgani, aksariyat tadbirlarda muammoning echimiga umumiy yondashilayotganini ta`kidladi. Shu munosabat bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash choralari ko`rilishi yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar