Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta`minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo`ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro`yxatdan o`tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Mazkur elektron xizmat yordamida foydalanuvchi onlayn ravishda hisoblagichni o`rnatish, almashtirish, tamg`alatish yoki o`chirtirish uchun mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza berishi mumkin. Ariza yozayotganda fuqaro elektr ta`minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini, ya`ni o`ziga qulay vaqtni ham ko`rsatishi zarur.
Ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o`zining shaxsiy kabinetida ko`chmas mulk haqidagi maxsus formani to`ldirishi kerak bo`ladi. Unda ko`chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko`rsatiladi.
Bu interaktiv xizmat elektr ta`minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.






