AsosiyShou-biznes

Fransiyada bo`lib o`tgan Xalqaro tanlovda o`zbekistonlik yosh musiqachilar g`alaba qozondi

Joriy yilning 15-23 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida  “Aleksandr Glazunov” nomidagi  VIII Xalqaro tanlov bo`lib o`tdi.

Ushbu nufuzli xalqaro tanlovda dunyoning 11 ta mamlakatidan 50 dan ortiq musiqachilar ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Quvonarlisi mazkur xalqaro tanlovda o`zbekistonlik yosh musiqachilar ham qatnashib, muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi hamda Qashqadaryo va Farg`ona viloyatidagi bolalar musiqa va san`at maktabining yosh iqtidorli o`quvchilari tanlovda yurtimiz sha`nini dunyoga tanitishdi.

Dilshod Narzullaev, Irodaxon Azizova, Muhammadali Ahrorov,  Bobur Muhammadjonov, Xurshida Mamasodiqova, Abbos Raimaliev, Shaxobiddin Nabievlar ushbu nufuzli xalqaro tanlovda 1-o`rinni egallagan bo`lsalar, Asalxon Yusupova  2-o`rinni, Darya Belyakova va Behruzjon Jo`raev va Farangiz Jo`raevalar 3-o`rinni qo`lga kiritishdi. 

    Boshqa yangiliklar