28.02.2014 11:08
2013 yildan bojxonachilar tomonidan 223 kg. giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma`lumotlar asosida fuqarolar E.Rajabov va I.Jo`raqulovlarning qing`ir qilmishlariga nuqta qo`yildi. Mazkur shaxslar o`rnatilgan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ularning yonidagi 1 dona polietilin paketdagi 8 dona o`ramlarda salkam 11 kg. opiy giyohvand moddasi borligi aniqlandi, bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar beradi.
Shuningdek, viloyat bojxonachilari tomonidan yirik miqdordagi gihyovand moddalarning yurtimizga olib kirilishining oldi olindi. Amudaryoning Termiz tumanidga qirg`oqlarida olib borilgan tezkor tadbir natijasida, daryodan qo`lbola qayiqda suzib o`tayotgan afg`onistonlik M.Abdulxakimning yurtimiz hududiga 20,3 kg.dan ortiq opiy giyohvand moddasini yashirincha olib o`tishga uringani aniqlandi. Bu ham etmagandek, uning yonida 24 dona jangovar o`qlari bilan birgalikda Kalashnikov avtomati ham bor ekan. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar beradi.
Uning yana bir yurtdoshi Z.Shohjaxon esa “qadami”ni kattaroq olibdi. U ham qo`lbola qayig`iga 64,6 kg.dan ortiq opiy gihvandlik moddasini ortib, Amudaryoni kechib o`tar ekan, sohilda uni “Ayritom” chegara-bojxona kompleksi va huquqni mhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari “kutib” olishdi.
Ta`kidlash joizki, o`tgan 2013 yilda respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 195 ta qonunbuzarlik holatlarida 223 kg. og`irlikdagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.