AsosiyJamiyat

ANDIJONDA NAMUNALI LOYIHA ASOSIDA QURILGAN BIRINChI DEHQON BOZORI IShGA TUShDI

'ANDIJONDA NAMUNALI LOYIHA ASOSIDA QURILGAN BIRINChI DEHQON BOZORI IShGA TUShDI'ning rasmi

Andijon viloyatining Oltinko`l tumanida «Oqtepa dehqon bozori» zamonaviy savdo majmuasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Respublikamiz iqtisodiyotining rivoji va aholining kundalik hayotida dehqon bozorlarining ahamiyati va o`rnini hisobga olib, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy yilning martida “2017-2019 yillarda dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ular hududida zamonaviy savdo komplekslarini qurish Dasturi” tasdiqlangandi. Ushbu hujjat xaridorlarga qulay sharoitlarni yaratish, ilg`or tajriba va savdo xizmatini ko`rsatishning yuqori madaniyatini izchil tadbiq etish maqsadida tasdiqlangan.

2017 yilning 18 noyabr kuni Andijon viloyatining Oltinko`l tumanida davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan Dastur doirasida bunyod etilgan respublikada birinchi «Oqtepa dehqon bozori» zamonaviy savdo majmuasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Majmua hududida 80 savdo joyiga ega mini-market va 50 ta savdo joyiga mo`ljallangan engil konstruksiyadan barpo qilingan ochiq pavilon joylashgan, sotuvchilar va xaridorlarga zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Mazkur inshoot Uzmilliybank tomonidan tuzilgan «Bunyodkor invest» MChJ bozorlar qurilishi Direksiyasi buyurtmasiga asosan qurildi.



MA`LUMOT UChUN
Tasdiqlangan Dastur doirasida uch yil mobaynida O`zbekistonning barcha hududlarida zamonaviy savdo majmuasi ko`rinishidagi 242 ta dehqon bozorlarini qurish va rekonstruksiya qilish ko`zda tutilgan. Ulardan 35 tasi 2017 yilning oxirigacha o`z eshiklarini ochadi. Birgina Andijon viloyatining o`zida umumiy hisobda namunali loyihalar asosida 21 ta dehqon bozori quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Zamonaviy savdo majmualarining qurilishi aholi soni, dehqon bozorlari joylashgan joyning aholi punktlaridan uzoq yoki yaqinligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan 4 xil namunali loyiha asosida amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, savdo majmualari gipermarketlar, supermarketlar, mini-marketlar ko`rinishida bo`lib, ularda barcha zarur infratuzulma ob`ektlari, shu jumladan, savdo pavilonlari, omborxonalar, avtoturargohlar qurilib, jamoat tartibini saqlash va yong`in havfsizligini ta`minlash choralarini ko`rish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar