28.02.2014 12:45
Hurmatli abiturientlar! Ehtiyot bo`ling! Noqonuniy test savollari kitoblari sotuvda
Aksariyat kitoblardagi test savollarining manbalari, kitob chop etilgan bosmaxona nomi va sanasi berilmagan, deya [url=http://dtm.uz/]xabar beradi Davlat test markazi. Savollar ekspertizadan o`tkazilgan yoki o`tkazilmaganligi, savollarning mazmuni davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlariga muvofiqligi ham noma`lum. Eng achinarlisi, bunday kitoblar “Davlat test markazi hamkorligida tayyorlangan” degan yozuv ostida chop etilmoqda. Vaholanki, Davlat test markazida mavjud savollar bazasi asosida 2009 yildan buyon test savollari chop ham etilmagan, boshqa tashkilotlar bilan bu borada shartnoma ham tuzilmagan, shuningdek, Davlat test markazi nomidan test sinovi o`tkazish vakolatini ham bermagan.
“Soxta” tadbirkorlar tomonidan chop etilayotgan shakl, tuzilish (ko`rinishi) va hajm jihatdan Davlat test markazi tomonidan o`tkazilayotgan test sinovlarida ishlatilayotgan savollar kitobiga o`xshash bunday manbalar foydalanuvchini aldashi mumkin xolos.
Davlat test markazi tomonidan 2014/2015 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari, oliy harbiy ta`lim muassasalari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari (Akademik lisey va Kasb-hunar kollejlari)ga kiruvchilar ta`lim yo`nalishlari bo`yicha test sinoviga tayyorgarlik ko`rish uchun, pedagog xodimlar malaka toifasi olishda mutaxassislik fanlaridan tayyorgarlik ko`rishi uchun diagnostik test tizimi yo`lga qo`yilgan. Bu borada barcha ma`lumotlarni www.dtm.uz saytidan olish mumkin.