1

MOYChEChAK — ASABNI TINChLANTIRADI

Salomatlik 23.11.2017, 12:17
MOYChEChAK — ASABNI TINChLANTIRADI

Moychechak gullari R guruhi vitaminlari, A provitamini, ko`pgina organik kislotalar (jumladan, S vitamini) va boshqa biologik faol elementlar saqlanishi bilan ham shifobaxsh o`simliklar qatoridan joy olgan.

Foydali xususiyatlari

Moychechak yallig`lanishga qarshi ishlatiladi. Shuningdek, asabni tinchlantiradi, ishtahani ochadi, o`t ajralishini kuchaytiradi. Og`riq qoldirish, ichakda bijg`ish jarayonini kamaytirish, allergik reaksiyalarni susaytish xususiyatlari ham bor.

Xalq tabobatida qo`llanilishi

Moychechak xalq tabobatida bavosil (gemorroy), o`t pufagida tosh paydo bo`lishi, ayollar jinsiy a`zolari kasalliklari, homiladorlikdagi toksikoz, oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak yarasi, yarali kolit va boshqa dardlarni davolashda qo`llaniladi.

  • Moychechakdan yana surunkali gastritlarda, xolesistitda, o`t yo`llari diskineziyasida, surunkali gepatitlarda foydalaniladi.
  • Moychechak xushbo`y (vanna qilish uchun), el haydovchi, tinchlantiruvchi, yumshatuvchi yig`malar tarkibiga kiradi. Qadimda nefrit, sistitda, bezgak, isitma mahallarida, uyqusizlikda moychechak damlamasi buyurilgan. Moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmaga tuz qo`shib revmatizm, podagra kasalliklarida, chipqonda ishlatilgan.
  • Moychechak me`daga kuch beradi, uning og`rig`ini qoldiradi. Gulida yiringlashning oldini oluvchi quvvat bor. Undan eyilsa, oq qon tanachalarining ko`payishiga sabab bo`ladi.
  • Gulini xuddi choyga o`xshatib damlab ichadilar. U me`da yarasini yo`qotadi.
    Bargi ovqatni tez hazm qildiradi, miyaga quvvat beradi, asabni tinchlantiradi, sutni va terni ko`paytiradi. Miya va bosh og`rig`ini yo`qotadi, burundan suv oqishini to`xtatadi. Nafas siqishi, sariq va bod kasalini davolaydi.
  • Buyrak toshini maydalab, tashqariga chiqaradi. Savdo, balg`am va ichak sanchig`ini yo`qotadi. Bargi va tanasi chaynalsa, og`iz qurishini, suvi esa ko`z og`rig`ini ketkazadi.
  • Moychechak miyani kuchli qiladi va sovuqdan bo`lgan bosh og`rig`ida foyda qiladi. Boshdan yomon moddalarni chiqarish uchun ishlatiladi. Balg`amni ko`chiradi, siydikni haydaydi va toshni chiqaradi. Ayniqsa, gulining gunafsha tusli xili shunday ta`sirga ega.Sovuqda va issiqda bo`lgan qovuq og`riqlarida qizdirilib qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1