1

Madad-shifo: RAXIT, STOMATIT VA KO`P TERLASh DAVOSI – YoNG`OQ!

Salomatlik 23.11.2017, 12:35
Madad-shifo: RAXIT, STOMATIT VA KO`P TERLASh DAVOSI – YoNG`OQ!

Yong`oq yod moddasiga boy bo`lgani sabab qalqonsimon bez faoliyatini tiklashda yaxshi yordam beradi. Uning kaliy va magniy moddalariga boyligi qon bosimi va yurak xastaliklari uchun yaxshi malhamdir. Yong`oqdan olingan yog` immunitetni mustahkamlaydi.

Keling, ushbu ne`matdan qanday kasalliklarda qay tarzda foydalanish mumkinligi bilan tanishamiz.

  • Yong`oqdan tayyorlangan damlama raxit, stomatit, gingvid, tomoq yallig`langanda shifo bo`ladi. Ushbu damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq yong`oqning quritilgan barglarini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 2 soatga damlab qo`ying va suzib olingan damlamani kuniga 3 mahal 1 choy qoshiqdan iste`mol qiling. Qo`l yoki oyoq terlaganda ushbu damlama bilan chayib turish yaxshi naf beradi. Shuningdek, bu damlamani kuniga 3-4 mahal ichib turish gijjalarni tushirishda yordam beradi.
  • Milk yallig`langanda esa bargidan tayyorlangan damlama bilan og`izni chayish lozim.
  • Yong`oq daraxti arralanganda daraxtdan tushgan qipiq sirka va suv bilan aralashtirilsa va tayyor bo`lgan aralashma yuzga surtilsa, terini tiniqlashtiradi. Ushbu qipiqni zaytun yog`i bilan aralashtirib qazg`oqi bor insonlar boshiga surtsa, qazg`oqni yo`qotishga yordam beradi.
  • Yong`oq iste`mol qilishda ham me`yor lozim. Ko`p miqdorda yong`oq iste`mol qilish bosh og`rig`iga sabab bo`ladi. Barglaridan anbar moyi va fitonitsit hidi anqib turishi sababli yozning issiq kunlarida yong`oq daraxti tagida uxlash mumkin emas.
  • Yong`oq orasidagi to`siq qavati damlama shaklida mastopatiya va bachadon fibriomasida qo`llaniladi.
  • Kislota ko`pligi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong`oq chaqib eyish kerak. O`t yo`llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag`iz eyish tavsiya etiladi.
  • Mag`zini maydalab, asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga quvvat beradi.
  • Yangi bargini siqib, suvini terining zamburug`li kasalliklarida ishlatish mumkin. Ichak disbakteriozida 10 gramm quritilgan yong`oq bargi 1 litr qaynagan suvda 15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 stakan ichiladi.
  • Gijjalarni tushirish uchun 1 osh qoshiq quritilgan yong`oq bargini bir stakan suvga solib, o`rab qo`ying, 2 soat o`tgach, suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiq bilan ichiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1