1

Madad-shifo: BARMOQLAR NEGA OG`RIYDI?

Salomatlik 23.11.2017, 12:42
Madad-shifo: BARMOQLAR NEGA OG`RIYDI?

Mehnat faoliyatingiz kompyuter bilan bog`liq bo`lsa, har zamon barmoqlar gimnastikasini bajarib turing. Garchand kompyuterda ishlash barmoqlardan muntazam harakatni talab qilsa-da, bo`g`imlarga zo`riqish tushishi bilak kanalining sindromini keltirib chiqarishi mumkin.

Barmoqlarning muntazam harakatda bo`lishi barmoq paylarida shishni keltirib chiqaradi. Nome`yoriy o`zgarishlar barmoqlarning sezuvchanligi uchun javobgar bo`lgan nerv tolalarini zararlaydi. Buning oqibatida esa uvishish, ba`zan esa og`riq, karaxtlik paydo bo`ladi.

«Barmoqlarimni bir-biriga tekkazib mashq qilib olsam, o`tib ketadi», deyishingiz mumkin, ammo barmoq mushaklarining jiddiy zararlanishi ehtimoli borligini ham unutmang.

Darvoqe, qo`l barmoqlarini qarsillatish odatingiz bo`lsa, undan voz keching. Tag`in uvishish, og`riq va karaxtlik bilan yuzlashmang, deymiz-da.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1