1

Madad-shifo: “BO`YIN OSTEOXONDROZIGA ChALINDIM”

Salomatlik 23.11.2017, 12:51
Madad-shifo: “BO`YIN OSTEOXONDROZIGA ChALINDIM”

— Shu kunlarda bo`ynim qotib qolayotgandi, ayniqsa ertalablari yon tomonga qimirlatolmay qoldim. Shifokorga ko`rinsam, bo`yin umurtqa suyagi osteoxondrozi, deya tashxis qo`ydi. Ayting-chi, bu xavfli emasmi?

Kamoliddin Jalolov, Toshkent viloyati

Sunatilla YO`LChIEV, sport shifokori:

— Bo`yin suyagining uzoq vaqt bir xil ko`rinishda turib qolishi, bo`yin umurtqa suyagiga zo`riqish beradi va bu sohada og`riq qo`zg`aladi. Ba`zan shish yuzaga kelishi ham mumkin. Bo`yin osteoxondrozining darajasidan kelib chiqib, dori vositalari hamda uqalash usullari, davolash gimnastikasi tavsiya qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, yotoq karavoti matrasining yumshoq bo`lmasligiga e`tibor bering. Imkonini qilsangiz, ortopedik matras va yostiqlardan foydalaning. Bo`yinning orqa qismiga bolish qo`yib uxlash maslahat beriladi.

Suzish bilan shug`ullaning, orqamacha suzish ayniqsa yaxshi natija beradi.Ertalablari jismoniy mashqlarni bajaring, turnikka tortiling, bo`yin mashqlarini ham kanda qilmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1