AsosiyJamiyat

Germaniyaning MAN kompaniyasi O`zbekistonda avtobus ishlab chiqarmoqchi

MAN Truck and Bus AG kompaniyasi vise-prezidenti Kay Reyxert O`zbekistonda avtobus ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ma`lum qildi.

Bu haqda MAN rahbari o`zining “Jahon” AA bergan intervyusida ma`lum qildi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.

U Germaniya kompaniyasining mamlakatimizda shahar va shaharlararo qatnovchi avtobuslar ishlab chiqarish niyati borligini aytdi.

“MAN Truck and Bus AG kompaniyasi rahbariyati O`zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish bo`yicha yangi g`oyalarni ilgari surmoqchi”, — dedi Kay Reyxert.

Ayni damda 2009 yil tashkil etilgan JV MAN Auto Uzbekistan QK “O`zavtosanoat” bilan hamkorlikda yuk texnikasini ishlab chiqarmoqda.                                                                                                    

                

    Boshqa yangiliklar