1

Styuardessa sadoqatli itni boqib oldi

Rekord 24.11.2017, 16:28
Styuardessa  sadoqatli itni boqib oldi

Styuardessa Oliviya Sivers (Olivia Sievers) Buenos-Ayresga xizmat safarlari bilan tez-tez kelib turardi. Kunlardan bir kun u mehmonxona oldida turgan itga ko`zi tushdi. Qiz itning boshini silab, unga ovqat berdi. Shundan keyin har safar xizmat yuzasidan Buenos-Ayresga kelganda mehmonxona oldida uni kutib turgan itni ko`radigan bo`ldi. Oliviya Germaniyada yashaganligi sababli it uchun yangi uy qidirdi. Ammo it o`zi topshirilgan oiladan har safar qochib kelib, mehmonxona eshigi yonida Oliviyani kutishdan charchamadi. Qiz ham unga o`rganib qolganligi bois uni o`zi bilan vataniga olib ketishga qaror qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1