1

“HAYoT ILDIZI”NING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Salomatlik 24.11.2017, 16:28
“HAYoT ILDIZI”NING FOYDALI XUSUSIYaTLARI

Tarkibida mavjud bo`lgan bir qancha foydali kimyoviy moddalar sababli jenshen qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo`llanilgan. O`simlik ildizida alkaloidlar, turli shiralar, S vitamini, oltingugurt va fosfor, xushbo`y moddalar, shuningdek, mikro va makroelementlar bor.

Jenshen lotin tilidan tarjima qilinganda “hayot ildizi” degan ma`noni anglatadi.

O`simlik inson organizmiga tinchlantiruvchi va og`riq qoldiruvchi ta`sir ko`rsatadi. Jenshen kishida ishchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, o`t moddasini organizmdan chiqarib yuboradi. Jenshenning shifobaxsh ta`siri natijasida kishida arterial qon bosimi me`yoriga keladi, endokrin tizimi ish faoliyati kuchayadi, qon tarkibida qand moddasi miqdori pasayadi.

Jenshen asabiylashish, siqilish va tashvishlanish holatlarida tinchlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi. O`simlikni aqliy va jismoniy zo`riqishlarda iste`mol qilinadi.

JENShEN BILAN DAVOLASh

Tomirlardagi og`riqni qoldirish va shamollashda tog` asalidan 1 kg. olinadi va unga 50 g. Maydalangan jenshen ildizi solinadi. Mazkur asal solingan idish qorong`i joyda bir necha hafta saqlanadi. Tindirilgach, asaldagi jenshen ildizi qoldiqlari butkul olib tashlanadi. Bu tabiiy doridan kuniga bir choy qoshiq ichib, kishi tomirlaridagi va boshdagi og`riqlardan xalos bo`ladi,tetiklashadi, shamollashdan ham forig` bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1