1

Madad-shifo: TOG` RAYHONI — KASALLIKLARGA DAVO

Salomatlik 24.11.2017, 17:11
Madad-shifo: TOG` RAYHONI — KASALLIKLARGA DAVO

Tog` rayhonining shifobaxshlik xususiyati – tarkibidagi selen moddasi bilan bog`liq. Tog` rayhon tarkibidagi selen E vitamini bilan birgalikda yurakni sog`lom va baquvvat qiladi, odamning yoshlik davrini uzaytiradi. Lekin shuni ham aytish kerakki, bu choy bilan har xil pishiriqlarni, tort, pechenelarni iste`mol qilib bo`lmaydi. Chunki taomdagi shirinliklar (uglevodlar) ko`payib ketsa, oshqozondagi selen hazm bo`lmaydi.

Qand kasalligi

Selen jigar va oshqozon bezi qo`shimcha hujayralarini o`stiradi, yangi hujayralar o`sish hisobiga eskilari o`lishiga olib keladi, natijada organizm o`z insulinini ishlab chiqara boshlaydi. Demak, qand kasalligi sabablarini ham yo`q qiladi. Ikki oy davomida rayhonli damlamani surunkali ichib yurish natijasida qonda qand miqdori o`rtacha 30 foizgacha kamayadi. Bundan keyin ham ichib yurish natijasida bu darddan mutlaqo qutulish mumkin. Ishchanlik, faol harakatlanish ortib boradi, uyqu yaxshilanadi.

Endemik bo`qoq

Endemik bo`qoq, bu — qalqonsimon bezining kattalashishi, giperterioz, tireotoksikozdir. Qalqonsimon bez tireoid nomli yodli gormon ishlab chiqaradi. Bu gormon tarkibida selen ham bor. Demak, gormon tarkibiga kiruvchi selen etishmasligi, gormonni kamayib ketishi, ya`ni yodni kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bo`qoq kasaliga chalingan bemorlar damlamani ichib yurishi zarur. Bo`qog`i butunlay tuzalib ketmasa-da, u o`smay qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1