1

Madad-shifo: “TAOMLANSAM, TANA HARORATIM KO`TARILYaPTI”

Salomatlik 24.11.2017, 17:21
Madad-shifo: “TAOMLANSAM, TANA HARORATIM KO`TARILYaPTI”

— Yoshim 65 da. Ovqatlanganimdan so`ng badanim qizib, isitmam ko`tariladi. Kechalari uyg`onib ketaman. O`zgarishlar bir necha yillar oldin boshlangan. Davolovchi shifokorim “Taomga tuz solmasdan eng”, degandi. U aytganidek qilsam, yaxshi yuraman, keyin bo`lsa, salga mazam qochadi. Hatto juda oz miqdorda tuz qo`shilgan egulik tanovul qilsam ham, bezovtalanaman. Tuzsiz parhez umrbod davom etadimi endi?

Malika Jalolova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA toifali shifokor:

— Tuz – non, sabzavotlar va sut-qatiq tarkibida etarlicha bor. Taomga qo`shiladigani esa yodlangan osh tuzidir. Ehtimol sizning organizmingiz uchun oz miqdordagi tuz kifoyadir. Shu bois osh tuzining miqdori salgina ko`paysa, bezovtalik kelib chiqyapti. Badanning qizib ketishi hamda tana haroratining ko`tarilishi, ko`pincha arterial qon bosimining ortishi bilan kechadigan alomatlardir. Shuningdek, yoshga doir o`zgarishlar hisobidan D va V guruhi vitaminlariga taqchillik kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Yoxud muammo sababi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga aloqador. Sizga maslahatim, qayta tibbiy tekshiruvlardan o`ting va taomlanayotganda tuz iste`molini qat`iy cheklang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1