AsosiyJamiyat

BORT OSTIGA YaShIRINGA «ORBIT» SAQIChLARI

'BORT OSTIGA YaShIRINGA «ORBIT» SAQIChLARI  'ning rasmi

Respublikamizga xorijdan import qilinayotgan tovarlar uchun davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to`lovlari aslida aholiga ish haqi, stipendiya va nafaqalar tarzida sarf etilishi hech kimga sir emas.

Ana shu oddiy haqiqatni tushunib etmayotgan, ayrim qo`shtirnoq ichidagi tadbirkorlar esa bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlab, shaxsiy manfaatlari uchun turli nayranglarga qo`l urishmoqda.

Kuni kecha Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday urinishlardan bir nechtasi fosh etildi.

Gap shundaki, “Vodil-Farg`ona” yo`nalishida harakatlanayotgan “Dongfeng” rusumli yuk avtomashinasi chegara nazorat hududlarida kelib ketishi shubhali ko`ringanligi bois, nazoratga olindi. Fuqaro M.Ergashev boshqaruvida bo`lgan yuk avtomashinasi Farg`ona shahar Yormozor MFY hududidagi joylashgan raqamsiz xonadon ichiga kirgan vaqtida to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Natijada avtomashina bort qismining tagida tashqi tomondan ko`rinmaydigan qilib yashirin ravishda, bojxona nazoratini chetlab aylanma yo`llar orqali olib kirilgan, umumiy qiymati 30 mln. so`mlik jami 15.000 dona “Orbit” nomli saqichlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu avtomashina kirgan, xonadon ko`zdan kechirilganida xonadonning yashash xonalarida saqlanayotgan, Qirg`iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab aylanma yo`llar orqali olib kirilgan, hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 50 mln. so`mlik: 78 dona erkaklar djinsi shimi, 210 dona “Nestle” nomli shokoladlar, 22840 dona “Orbit” nomli saqichlar borligi aniqlandi.

Shu bilan birga olib borilgan tezkor tadbir davomida avtomashina egasi M.Ergashevning Farg`ona tumanidagi yashash xonadoni holislar ishtirokida ko`zdan kechirildi, xonadonga kirishda darvozaxonasi yonida muqaddam Qirg`iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo`llar orqali olib kirilgan, qiymati 6 mln. so`mlik 3000 dona “Orbit” nomli saqichlar saqlanayotgani aniqlandi.

O`tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 86 mln.630 ming so`mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

    Boshqa yangiliklar