2014 yilda “O`zavtosanoat” AK savdo hajmini 3,7 mlrd. AQSh dollarga etkazmoqchi. Bu haqda o`tgan haftada o`zbek-koreys biznes-forumi doirasida kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig`i Timur Yunusov xabar berdi.
Uning ma`lumotlariga ko`ra, “O`zavtosanoat” savdo hajmi 2011 yilda 2,6 mlrd. dollarga etgan. 2013 yilda ushbu ko`rsatkich 3,3 mlrd. dollardan oshdi, deya xabar beradi Uzdaily nashri.
Timur Yunusovning ta`kidlashicha, ushbu sanoat 250 mingdan ortiq engil avtomobil, 3 mingdan ortiq yuk mashinalari, avtobuslar hamda MAN brendi ostidagi yuk mashinalarini ishlab chiqarmoqda. Engil avtomobillarning lokalizasiya darajasi 80 foizdan oshadi.
Ta`kidlash joizki, o`tgan yili engil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 246,6 ming donani, ISUZU avtobus va yuk mashinalari – 3,5 ming dona hamda MAN yuk avtomobillari – 1,2 ming donani, shuningdek – quvvat agregatlari 122,9 ming donani tashkil qildi.





