AsosiyJamiyat

Toshkentning Sirg`ali tumani biznesni rivojlantirish hududiga aylanadi

Toshkent shahrining Sirg`ali tumani yaqin vaqt ichida tadbirkorlarni jalb qilish markaziga aylanadi.

Shahar hokimiyati bu erda tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha noyob loyiha amalga oshirishni rejalashtirgan, deya xabar beradi Podrobno nashri. Buning uchun Sirg`ali tumanida ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo`yicha tajriba rejasi ishlab chiqilgan.

Ushbu reja ikki yil davomida tajriba asosida sinaladi, u omadli amalga oshirilgan taqdirda Toshkentning boshqa tumanlarida ham tatbiq etiladi. Xususan, Sirg`alida yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona va xizmat ko`rsatish ob`ektlari joylashgan industrial hudud tashkil etiladi. Bundan tashqari bu erda muhandislik tuzilmalari, logistika va biznes markazlar tashkil etiladi.

Tadbirkorlarni, ayniqsa horijiy biznes kishilarini jalb qilish maqsadida loyiha doirasida Internetda maxsus portal yaratish ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar