AsosiyJamiyat

Qatag`on qurbonlari xotirasi virtual muzeyi tashkil etiladi

'Qatag`on qurbonlari xotirasi virtual muzeyi tashkil etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabr kuni "O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta`lim muassasalari tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori tasdiqlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qilmoqda.

Hujjat O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi orqali e`lon qilingan.

Mazkur qaror bilan Fanlar akademiyasining Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta`lim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etilmoqda.

Muzeylarning asosiy vazifasi mustabid tuzum davridagi qatag`on siyosatining sabablari va foijiali oqibatlarini chuqur o`rganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekzpozisiyasini tashkil etish hisoblanadi.

Shuningdek qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga ikki oylik muddatda Qatag`on qurbonlari xotirasi virtual muzeyini tashkil etish vazifasi yuklanmoqda.

    Boshqa yangiliklar