AsosiyJamiyat

Ilk bor o`zbekistonlik o`quvchi matematika bo`yicha xalqaro olimpiadada oltinni qo`lga kiritdi

O`zbekiston tarixida ilk bor Toshkent shahridagi maktablardan birida tahsil oladigan o`quvchi Olma-Otada o`tkazilgan X Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo`lga kiritdi.

Milliy universitet qoshidagi S.Sirojiddinov nomidagi akademik lisey o`quvchisi Xakimboy Egamberganov matematika, fizika va informatikadan o`tkazilgan olimpiadada matematika bo`yicha mustaqil O`zbekiston tarixidagi ilk oltin medalni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi Uz24 nashri.

Vatanimiz yosh matematiklarining shu kungacha eng yirik muvaffaqiyati hozircha olimpiada kumushi bo`lgan.

Aytish joizki, mazkur tanlovda 17 mamlakatdan 400 o`quvchi ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar