1

“Sog`lom avlod uchun” ahloq tuzatish koloniyasidagi ayollarni bayram bilan qutladi

Jamiyat 04.03.2014, 11:15
“Sog`lom avlod uchun” ahloq tuzatish koloniyasidagi ayollarni bayram bilan qutladi

Hukumatga qarashli bo`lmagan “Sog`lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg`armasi 4 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ayollar ahloq tuzatish koloniyasida madaniy tadbir tashkil etdi.

Tadbir “O`zbegim yoshlari” guruhi ishtirokida bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida ayollar uchun jamg`arma tomonidan kiyim-kechak, sanitariya-gigiena vositalaridan iborat muruvvat yordamlari topshirildi. Shuningdek, “O`zbegim yoshlari” guruhi vakillari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad koloniyadagi ayollarning ko`ngliga iliqlik olib kirish, ularni bayram munosabati bilan tabriklash hamda qalblarida ozgina fursat bo`lsada ozodlik nashidasini ulashgan holda bundan keyingi hayotlarida to`g`ri yo`lga boshlashdan iboratdir.

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram sifatida rasman 1975 yilda BMT tomonidan e`lon qilingan. E`tiborli jihati shundaki, har yili ushbu bayram barcha maskanlarda tantanali ravishda nishonlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1