1

Madad-shifo: DAFNA YaPROG`I KASALLIKLARGA QARShI

Salomatlik 27.11.2017, 15:34
Madad-shifo: DAFNA YaPROG`I KASALLIKLARGA QARShI

Dafna daraxtining quritilgan bargi suyuq va quyuq ovqatlarga o`ziga xos ta`m beruvchi xushbo`y ziravor hisoblanadi.

Artrit va bo`g`im og`riqlarida bo`g`imlarni turli tuzlardan tozalash va organizmdan har xil xiltlarni chiqarib yuborish uchun 5 gramm dafna yaprog`ini sirli kastryulga solib, 300 ml. suvda past olovda 5 daqiqa davomida qaynatiladi. So`ng yaxshilab o`rab qo`yiladi yoki termosda 3-5 soat tindiriladi. Aralashmani dokadan o`tkazib, kun davomida oz-ozdan xo`plab ichiladi.

Bunday qaynatmani har kuni yangidan tayyorlab uch kun davomida ichish lozim. Birinchi yil muolajani har uch oyda bir marta, keyingi yillarda yiliga bir marta amalga oshiriladi. Bu muolaja davomida go`shtli ovqat eyilmaydi, alkogol ichimliklar ichilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1