1

DORILARNI TO`G`RI SAQLAYMIZ!

Salomatlik 27.11.2017, 17:54
DORILARNI TO`G`RI SAQLAYMIZ!


  • Har bir preparatning yo`riqnomasida saqlash qoidasi ko`rsatilgan bo`ladi. Avvalo, o`sha yo`riqnomaga amal qilgan holda dori vositasidan foydalaning!
  • Odatda, dori vositalarini quyosh nuri to`g`ridan-to`g`ri tushmaydigan va namlik darajasi mo``tadil bo`lgan joyda saqlash lozim.
  • Tabletka va kapsula ko`rinishidagi prepatlar uchun namlik darajasi g`oyat muhim. Ularni salqin va quruq joyga qo`ying.
  • Aerozol yoki sprey ko`rinishidagi dorilar uchun yorug`lik nuri va xona harorati yuqori bo`lmasligiga e`tibor qarating.
  • Tindirma (nastoyka) yoki tomchi dorilar qo`ng`ir (himoyalangan) tusli idishlarda ishlab chiqilsa-da, ularni ham quyosh tushmaydigan erda saqlagan ma`qul.
  • Agar preparat yo`riqnomasida “Salqin va yorug`lik nuridan himoyalangan joyda saqlang” deyilgan bo`lsa, harorat ko`rsatkichi 15 darajadan oshmagan holda sovutgichga joylash mumkin. Shuningdek, “5 daraja haroratdan oshmagan holda saqlansin” degan ko`rsatmada ham muzlatgichda salash shart bo`ladi. Surtma va moyli dorilar, shamchalar hamda suyuq ko`rinishdagi preparatlar uchun muzlatkich eshigidagi tokchalar ayni mos keladi.
  • Maxsus dorixonalarda tayyorlanib beriladigan suyuq preparatlar 2-3 kungacha; kukun holida suv aralashtiriladigani esa 12-14 kungacha qo`llanilishi mumkin.
  • Uy sharoitida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalar uch kundan ortiq saqlanmaydi. Foydalanish jarayonida ham, albatta, sovutgichda turishi kerak.
  • Agar suyuq preparat yuzasida ko`pik yoki rangining xiralishishi kuzatilsa, foydalanmang! Muddati eskirgan dorilarni tashlab yuborayotganda qutisidan ochib, kanalizasiya quvurlariga oqizish mumkin emas! Yaxshisi, qutisiga solib, og`zini berkiting-da, so`ng chiqindi chelagiga tashlang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1